Fitofanda roʻyxatdan oʻting
Ilovani yuklab oling, profil yarating, federatsiya va klubingizga qoʻshiling. Bor-yoʻgʻi 3 daqiqa.
Video yoʻriqnoma
Telefoningizni tanlang va qadamma-qadam takrorlang.
Roʻyxatdan oʻtish tartibi
Har bir qadam — yangi kamar.
-
Oq kamar
Ilovani yuklab oling
Yuqoridagi tugma orqali — App Store yoki Google Play’dan.
-
Sariq kamar
Profil yarating
Ism va familiyangizni hujjatdagidek yozing.
-
Yashil kamar
Federatsiyaga obuna boʻling
Ilovada federatsiyani toping va unga obuna boʻling.
-
Koʻk kamar
Klubingizga qoʻshiling
Oʻz klubingizni toping va unga qoʻshiling.
-
Qora kamar
Tayyor!
Natijalaringiz, medallaringiz va musobaqalar endi profilingizda.
Sizni avval murabbiy yoki federatsiya roʻyxatdan oʻtkazganmi?
Yangi profil ochmang — mavjud profilingizga kiring. Kira olmasangiz, yordam xizmatiga yozing.
Telegram’da yozishIlovada nimalar bor
- Natijalar va medallar tarixi
- Attestatsiyalar va kamarlar
- Musobaqalarga roʻyxatdan oʻtish
- Musobaqalarni jonli kuzatish
Koʻp soʻraladigan savollar
iPhone’ga ilova oʻrnatilmayapti
Fitofan iOS 17 va undan yangi versiyalarda ishlaydi. Telefon sozlamalarida iOS versiyasini tekshiring. Telefon eski boʻlsa, ota-onangiz telefonidan roʻyxatdan oʻting.
Klubimni topa olmayapman
Murabbiyingizdan klub ilovada qanday nomlanganini soʻrang yoki yordam xizmatiga yozing.
Kim yordam beradi?
Avval murabbiyingizga murojaat qiling. Muammo hal boʻlmasa, Telegram’dagi yordam xizmatiga yozing.
Yordam kerakmi?
Savolingizni Telegram’da yozing — javob beramiz.
Telegram’da yozish